12 may 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Nursulton Ro'ziboevning jangini rasman elon qildi (+POSTER)
27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Ushbu turnirda hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev ham jang qilishi haqida xabar qilingandi.
UFC bu haqida rasman anons qildi. Sportchimiz Bokudagi turnirda Rossiya vakili Andrey Pulyaev bilan bahs olib boradi.
Oqshomning markaziy jangi ozarbayjonlik engil vazn toifasi vakili Rafael Fiziev va meksikalik Manuel Torres o'rtasida kechadi.

Havola :
Manba : UFC Eurasia
Fikrlar