17 apr 06:03
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Oleynikka Rossiya bayrog'i ostida oktagonga chiqishni taqiqlaganmi?
Og'ir vazn toifasida UFC jangchisi Aleksey Oleynik turnirlarda Rossiyaga qo'yilgan taqiqlar haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Uning so'zlariga ko'ra tashkilot rahbariyati bunday cheklovlarni o'rnatmagan.
"Hech kim buni mendan so'ramadi va ogohlantirgani ham yuq. Biz bilan har doimgidek: "Siz qanday musiqada chiqasiz? Bosh kiyim yoki shunga o'xshash narsalarda chiqasizmi? Mamlakat bayrog'i man etilmaganmi?" - deya so'rashadi.
Biz esa "Ha" yoki "Yo'q" deb javob beramiz. Agar shunday bo'lsa, televizorda ko'rsatilishi taqiqlangan narsalarsiz bemalol chiqishingiz mumkin. Rossiya bayrog'ining bunga aloqasi yo'q. U bilan chiqishingiz mumkin", — dedi Oleynik.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar