30 mar 08:31
Yangiliklar

UFC on ESPN 64. Promoushenning eng yosh va aksincha eng keksa jangchilarining bahsi qanday natida bilan yakunlandi?
Etiborga molik jihat shundaki, UFC on ESPN 64 turniri doirasida promoushenning eng yosh va aksincha, eng keksa jangchilari oktagonga chiqishdi. UFC rosteridagi eng yosh jangchi, meksikalik Raul Rosas Junior uch raund to'liq davom etgan to'qnashuvda Vins Moralesni hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar (29–28, 29–28, 29–28) hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. O'zining 17 yoshida UFC ligasida debyut qilgan Raul Junior hozirda 20 yoshda! Bu Rosasning MMA faoliyatidagi 11-g'alabasi bo'ldi. UFC`da ketma-ket to'rtinchi jangida zafar quchdi. Hisobidagi 1 ta mag'lubiyat ham bor.
Prelim kard doirasidagi jangda esa aksincha, UFC rosteridagi eng keksa aralash yakkakurash ustasi Vins Pichel Rafa Garsiyaga qarshi oktagonga ko'tarildi. Engil (70 kg) vazn toifasi vakili hisoblangan Pichel hozirda 42 yoshda! Uch raund to'liq davom etgan jang Rafa Garsiyaning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchchala hakam Rafaning g'alabasi (30–27, 30–27, 29–28)ni taminlashdi.
Fikrlar