30 mar 07:49
Yangiliklar

UFC on ESPN 64 turnirining asosiy jangi to'liq davom etdi + FOTO
UFC on ESPN 64 oqshomining asosiy jangi o'ta engil vazn (57 kg) toifasida Liganing sobiq chempioni, meksikalik Brendon Moreno avstraliyalik Stiv Ercegga qarshi oktagonga chiqdi. Besh raund to'liq davom etgan jangda Moreno hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar (49-46, 49-46, 49-46) evaziga g'alaba qozondi.
Bu 31 yoshli meksikalikning professional MMA faoliyatidagi 23-g'alabasi bo'ldi. Hisobida 8 mag'lubiyat va 2 durang ham bor. Avstraliyalik 29 yoshli aralash yakkakurash ustasi esa bugun to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 12 g'alaba ham bor.
Eslatib o'tamiz, Moreno bundan avvalgi jangini o'tgan yilning noyabr oyida Amir Albaziga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi. Erceg esa 2024 yilning avgust oyida Kaya Kara-Fransga texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ygan edi.
Fikrlar