10 apr 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 66 turnirining rasmiy posteri namoyish etildi + FOTO
26 aprel kuni AQSHning Kanzas shahridagi T-Mobile Center arenada navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.
Tashkilotchilar UFC on ESPN 66 turnirining rasmiy posterini namoyish etishdi. Oqshomning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda braziliyalik Karlos Prates irlandiyalik Ian Garriga qarshi oktagonga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Prates so'nggi jangini 2024 yilning noyabrida Nil Magniga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raunddayoq nokaut evaziga mag'lub etgandi. U 11 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Garri esa 20204 yilning dekabr oyida qozog'istonlik SHavkat Rahmonovga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygan edi.
Havola :
Fikrlar