13 iyu 20:17
Yangiliklar

UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi
Oqshomning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman hamda Nursulton Ro'ziboevning sobiq raqibi, g'alabali odimini davom ettirayotgan Xoakin Bakli o'rtasida bo'lib o'tadi. Har ikki davogar tarozida bir xil vazn qayd etishdi - 77.56 kg.
Birgina Abdul-Malik o'rta vazn toifasi uchun belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Endi u gonorarining malum bir qismini raqibi Kodi Brandeyjga berishga majbur bo'ladi.
Tarozi natijalari:
Asosiy kard
Kamaru Usman (77.56 kg) – Xoakin Bakli (77.56 kg)
Miranda Meverik (57.15 kg) – Rouz Namayunas (57.15 kg)
Andre Petroski (84.37 kg) – Edmen SHaxbazyan (83.91 kg)
Raoni Barselos (61.69 kg) – Kodi Garbrendt (61.69 kg)
Mansur Abdul-Malik (84.82 kg)* – Kodi Brandeyj (83.91 kg)
Alonzo Menifild (93.44 kg) – Omar Si (93.44 kg)
Prelim kard
Rodolfo Bellato (93.24 kg) – Pol Kreyg (93.44 kg)
Maykl Kesa (77.56 kg) – Kort MakGi (77.11 kg)
Kris Mutino (61.69 kg) – Malkolm Vellmeyker (61.69 kg)
Kodi Dyorden (57.15 kg) – Xose Ochoa (56.70 kg)
Rikki Simon (61.69 kg) – Kemeron Smozermen (61.69 kg)
Ange Lusa (77.56 kg) – Fil Rou (77.56 kg)
Vanessa Demopulos (57.15 kg) – Jeymi-Lin Xort (57.15 kg)
Fikrlar