03 avg 07:56
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 71. Rossiyalik ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
UFC on ESPN 71 turniri doirasida rossiyalik o'rta vazn toifasi vakili Andrey Pulyaev amerikalik Nik Kleynni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. 27 yoshli Andreyning MMAdagi rekordi — 10 g'alaba, 3 mag'lubiyat. 29 yashar Kleyn bugun uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 7 g'alaba (4 tasi nokaut bilan) ham bor.
Qizig'i, Las-Vegasda davom etayotgan UFC on ESPN 71 turnirining asosiy jangi tarixda ilk bor osiyolik aralash yakkakurash ustalari o'rtasida bo'lib o'tadi. O'ta engil vazn toifasi vakillari - koreyalik Xyun Sun Pak yaponiyalik Tacuro Tairaga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar