So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

09 apr 19:05
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

UFC oroldagi turnirlar orqali 1 milliarddan ortiq daromad olmoqchi! Buning uchun qancha harajat kerak?

Teglar :  UaytUFC 249
Uayt - daho, lekin uning bu daholigi qimmatga tushdi

UFC prezidenti Dana Uayt hech kim qila olmagan ishni uddaladi. U barcha dunyo sporti karantinda o'tirgan bir paytda, baribir 18 aprel kuni UFC kechasini tashkil qilmoqda. Tashkilot rahbari xususiy orolni ikki oyga ijaraga oldi, bu orolda har hafta UFC kechalari tashkil qilinadi. Jangchilarning har biriga alohida shaxsiy samolyotlar yuboriladi va kerakli manzilga olib kelinadi. Faqatgina yo'l haqining o'zi UFCga haftasiga 2 millionga tushadi.

UFC orolda bitta turnir tashkil qilishi uchun qancha sarflaydi?

Aslida UFC tarixidagi eng uzoq kutilgan jang oqshomi Nyu-Yorkda bo'lishi lozim edi, lekin koronavirus sababli butun dunyo karantinga tushib qoldi, buning oqibatida Xabib Nurmagomedov ham jangdan voz kechdi. SHunga qaramasdan Dana Uayt oxirigacha o'z fikrida turdi va jang bo'lishga oz qolganda manzilni elon qildi. UFC kechalariga Kaliforniyaning hindular yashaydigan hududi mezbonlik qiladi. Janglarga "Tachi Palace Resort Casino" arenasi mezbonlik qilishi malum bo'ldi.

Bu orolda bir kishi uchun bir sutkalik joy narxi taxminan 145-875 dollarga teng. UFC 249 kechasida 12 ta jang bo'ladi, demak 24 ta jangchi ishtirok etadi va ularning har birini yana bittadan sekundantlari bo'lishini hisobga olsak, sportchi va ularning jamoadoshlari yashashlari uchun UFC bir haftada 126 ming dollardan voz kechadi.

 


Lekin bu barchasi emas. UFC uchun eng qimmat narsa - bu, jangchilarni orolga olib kelish bo'ladi. Sababi hozir butun dunyo karantindaligini hisobga olsak, havo qatnovlar cheklangan. SHu boisdan, UFC har bir jangchining jamoasini hususiy samolyotda olib keladi. Hozirgi sharoitni hisobga olsak, UFC bittada 50 nafar odamni olib kelmaydi va uning o'rniga 3 marta 16 kishidan olib kelishni afzal ko'radi. Bunday parvozlar uchun esa aynan "Bombardier Challenger 850" samolyoti mos tushadi.

Uning har bir soat parvoz narxi 11 500 dollar! Demak UFC yo'l haqi uchun 2 milliondan ortiq mablag' sarflaydi. Umuman olganda UFC bitta kecha uchun taxmiman 2,3 million dollar xarajat qiladi. Demak orol ikki oyga sakkizta turnir uchun ijaraga olindi. SHu tariqa, UFC sakkizta turnir uchun umumiy hisobda 21 million dollar sarflaydi.


UFC ikki oy ichida 20 million dollar sarflab, katta daromad olishi aniq
Boydan pul ketsa ketibdi deyish mumkin? Lekin Dana Uayt hech qachon zarariga ish qilmagan va qilmaydi ham. Uning bittagina UFC 249 kechasining pullik translyaciyadan oladigan daromadi taxminan 90 million dollar bo'ladi -  agar translyaciya narxi 60 dollar bo'lsa. Agar narxni 75 dollarga oshiradigan bo'lsa va taxminan 2 million nafar odam jangni sotib olsa, 150 million dollar Dananing cho'ntagida degani.

Bu faqatgina bitta oqshomdan tushadigan translyaciya narxi. Agar butun dunyoda sport yo'q ekanligini hisobga olsak, UFC ikki oy ichida milliard dollardan ortiq foyda ko'rishi mumkin. Mana nima uchun Dana Uayt bor kuchi bilan ushbu janglarni tashkil etishga harakat qildi!

Agarda bu rejalarning barchasi o'xshasa, Dana haqiqatdan ham dono ekanligini isbotlaydi.


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
10 apr 09:14:23
CHELSEA2211
Xaqiqatan Uaytdi kallasi ishlaydi gap yöq...
   
09 apr 23:29:26
Tohirxon90
Tasanno Dana!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing