So’nggi yangiliklar

19:27UFC рейтинги. Богдан Гусковнинг вазнида вазият қандай? 0 19:06"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди" 0 18:45"Жонс Аспиналлдан қочмоқда" - Анкалаев 0 18:24Хамзат Чимаев Камару Усман билан жангдан воз кечиш ҳақида ўйлаганини айтди 0 18:02Шон О'Мэлли: "Двалишвили Умардан қўрқади" 0 17:41"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди 0 17:20Анкалаев: "Рамазон вақтида жанг бўлмайди" 0 16:59"Реваншларим доим бир хил тугайди". Фьюри Усикка қарши жанг ҳақида 0 16:38Хамзат Чимаев UFC'да МДҲдаги ТОП-5 жангчилар кимлигини айтди 0 16:17"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти 0 15:56Янгиланган UFC рейтингида Петр Ян Умар Нурмагомедовни ортда қолдирдими? 0 15:35Бишкек турнирида иккинчи олтин медаль қўлга киритилди 0 15:14Нурмагомедов ҳам Саудиядаги UFC турнирида жанг қилади 0 14:53ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди 0 14:32Жонс Прохазка - Хилл жанги учун ўз тахминини айтди 0

14 iyu 18:47
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC “ovozi”, biznesdan voz kechib UFC’ni tanlagan, serial orqali ommaga tanilgan Bryus Baffer bilan yaqindan tanishamiz

Bryus Baffer afsonaviy ring anonseri va UFC “ovozi” bo'lib, 1966 yildan buyon ushbu sohada faoliyat yuritib keladi.

Ortda qolgan 30 yildan beri jangovar yakkakurash sport turlari Baffersiz o'tmayapti, ayniqsa uning “It’s time” jumlasi uni jahonga tanitdi desak, yanglishmagan bo'lamiz. Bryus yaxshi biznesmen edi, biroq uning orzusi hamma narsadan ustun keldi.

Qahramonimizning bu sohaga kirib kelishiga akasi Maykl sababchi bo'lgan. Baffer yoshligidan jang sanatlariga oshno edi. U uzoq vaqt davomida dzyudo bilan shug'ullangan, keyin esa o'zini tansudoda (koreys sport turi) sinab ko'rgan. Tansudodagi muvaffaqiyatdan keyin u bor etiborini kikboksingga qaratadi va tez orada aralash yakkakurashlar olamiga kirib keladi. 

“1991 yil meni jiu-jitsu mashg'ulotlari bo'lib o'tadigan zalga taklif qilishdi. U erga baland bo'yli va ozg'in yigit chaqirgandi. U qo'limdan ushlab: “Kel, boshimga ur”, dedi. Men qo'lqop kiymoqchi bo'lganimda, baland bo'yli kishi to'xtatdi va biz ochiq mushtlar bilan jang qildik. Qasamki, uning qo'lini tutishga ulgurmay turib, bo'g'ilib qoldim”. Baffer yodga olgan ushbu novcha va ozg'in yigit Roys Greysi edi. Greysi ikki yildan so'ng birinchi UFC turnirida g'olib chiqadi va 2003 yilda promoushenning SHon-sharaf zaliga kiritiladi. 

Bryus keyinchalik sportni tark etdi va biznes yo'lini tanladi. U telefon orqali tovarlar sotishga ixtisoslashgan kompaniyaga asos soldi. Uning otasi esa burg'ulash bo'yicha instruktor edi. Bafferning fikricha, hayot uni bolalikdanoq ring anonseri bo'lishiga undagan. Bafferning ovoz tembri esa yoshlik chog'larida ham odamni qo'rqitish xususiyatiga ega bo'lgan. 

Bryus uchun burilish nuqtasi sifatida 90-yillarning boshini aytish mumkin. Uning hayotidagi asosiy voqelik boks kechalarining birida sodir bo'lgandi. O'sha kungi boks oqshomida ring anonseri Maykl Baffer boshlovchi bo'lib ishlagan. “Ekranda ism paydo bo'ldi. Men ko'zlarimga ishonmasdim. Hech qachon bir xil ismli kishilarni uchratmagandim. Bu yigit kim? Men Don King Bob Arumning ofisiga qo'ng'iroq qildim hamda men u bilan bir shaharda katta bo'lganimni bildim. Dadamga u (Maykl Baffer) inson kim, degan savolni berganimda “Bu, sening akang” deya javob bergandi”, eslaydi Bryus Baffer. 

Maykl haqiqatdan ham Bryusning o'gay akasi bo'lib chiqdi. U otasini eslay olmadi. Jo Baffer Maykl tug'ilishidan avval harbiy xizmatga chaqirilgan va u frontdan qaytgach, oila ajrashib ketgan. Ular tanishib olgach, Maykl qarindoshlari bilan uchrashishga rozi bo'ladi va Bryus bilan tezda do'stlashib ketadi. Ularning jang sanatiga bo'lgan muhabbati birlashishning asosiy omili bo'ldi. 

Bryus bir yildan ko'proq vaqt davomda UFC’ga ishga kirish uchun harakat qildi, biroq o'xshamadi. Tez orada u Mayklning menejeriga aylandi. Ular birgalikda “Buffer Partnership” kompaniyasiga asos solishdi hamda ko'plab jozibali iboralarni patentlashdi. Buning natijasida aka-ukalar 500 million dollardan ortiq daromad qilishdi. Ammo Bryus akasining muvaffaqiyatini takrorlashni orzu qilardi va bunday imkoniyat unda ham yuzaga keldi... 

1996 yil. Kichik Baffer shifoxonada edi. U erda onasi shoshilinch jarrohlik amaliyotini o'tkazgandi. SHu payt unga to'satdan UFCdan qo'ng'iroq bo'ldi: “Bizning asosiy ring anonserimiz amakisining dafn marosimiga jo'nab ketdi. Bir necha kundan so'ng biz Alabamada turnir o'tkazamiz. Sen bizga keraksan”.

Avvaliga Bryus ushbu taklifni rad etdi. Ammo onasi unga qarata bosh barmog'ini ko'tarib, shunday deydi: “Sen bu imkoniyatni qancha kutgan eding. Harakat qilib ko'r”. Qahramonimiz onasining bu so'zlarini ikki qila olmadi. Baffer UFC 10 turnirini to'liq o'tkazdi. To'g'ri, bunga qadar u promoushen bilan hamkorlik qilayotgandi, ammo o'ninchi turnirga kelibgina ilk bor boshlovchi rolida faoliyat olib bordi. Musobaqa davomida Bryus bir necha bor duduqlanib va chalkashib ham ketdi, ammo u qo'lidan kelganicha harakat qildi.

Bafferning faoliyatini “Do'stlar” teleserialidagi bir epizod saqlab qoldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Serial davomida yakkakurash sporti haqidagi epizodni suratga olish uchun film ijodkorlariga professional ring anonseri kerak edi. Ular Bryus Bafferni rolga taklif etishdi. Bu serial shu qadar muvaffaqiyatli chiqdi-ki, ekranlarda 23 million marta ko'rildi! 

Bunday mashhurlikdan so'ng Bryusning o'zi UFC’ga murojaat bilan chiqdi. “Bu siz ko'rgan eng katta reklama. Bir yildan ortiq vaqt davomida men sizning orqangizdan yugurdim, jamoaning to'laqonli azosi bo'lishga intildim. Endi odamlar meni tanishadi. Hozir hamma UFC’dan qochyapti, imkon berilsa, promoushenning obro'sini oshirishga yordam beraman. Keling, men bilan shartnoma imzolang...”, degandi o'shanda kichik Baffer. SHunday qilib u tashkilot bilan bitim imzoladi.

Bryus jozibali “It’s time” iborasini soqolini oldirganda ham, ko'zguga qaraganda ham aytib yursa kerak:) Dastlab u “It’s time to begin the Ultimate Fighting Championship” jumlasidan foydalanar edi, biroq bu keyinchalik “It’s time”ga o'zgardi. 

Baffer shovqinli joylarni xushlamaydi. U ovoziga zarar etib qolishidan qo'rqadi. Eng qizig'i, u turnirlarga deyarli tayyorgarliksiz boradi. “Men janglar oldidan mashq qilmayman. Ha, jangchilarning ismini bir necha marotaba talaffuz qilishim mumkin, biroq noto'g'ri talaffuz qilmaslik uchun tekshirib olaman”, deydi Bryus. U o'z ovozi bilan maqtanibgina qolmay, jangchilarni elon qilish paytida oktagondagi harakatlari bilan ham dong taratgan. Ko'pchilik muxlislar Bafferning “180” harakatini yaxshi ko'radi. Buning manosi shuki, u qatnashchilar nomini o'qiyotganida keskin tarzda qarama-qarshi tomonga buriladi.

Nokamtarlikka yo'ymangu, olamsport o'tgan yilning oktyabr oyida Abu-Dabida bo'lib o'tgan UFC turniri uchun rasmiy akkreditaciyadan o'tgan ilk o'zbek mediasi bo'lgandi. UFC 280 turniri davomida saytimiz xodimlari Kamoliddin Alimov va Aziz To'xtamuradov Bryus Baffer bilan tarixiy selfiga ham tushishgandi.

Xorij materiallari asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing