So’nggi yangiliklar

12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0

10 iyu 08:19
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Parijga qaytish sanasi rasman elon qilindi

Rasmiylar Parijdagi ananaga aylangan yillik UFC turnirining sanasini rasman tasdiqlashdi.

Franciya poytaxtidagi turnir 5 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. 2022 yildan beri tashkilot har yili sentyabr oyida Franciya poytaxtida musobaqa tashkil etadi va unga 15 mingdan ziyod tomoshabin keladi. So'nggi tadbir Parijdagi barcha UFC turnirlari orasida tomoshabinlar soni bo'yicha rekord o'rnatgan, o'shanda 16 mingga yaqin muxlis Nassurdin Imamov va Kayo Borralo o'rtasidagi oqshomning asosiy jangini tomosha qilish uchun kelgandi. O'sha jangda Franciya sharafini himoya qilayotgan dog'istonlik aralash yakkakurash ustasi hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.

Franciyalik jangchilar Parijda o'tgan turnirlarning asosiy janglarida uch marotaba zafar quchishgan. Faqat bitta jangda mag'lubiyat qabul qilib olingan. Bu 2024 yilda Renato Moykanoga muddatidan oldin mag'lub bo'lgan Benua Sen-Deni edi. O'tgan yili Sen-Deni mag'lubiyatini g'alaba bilan yopib ketdi. U Maurisio Ruffini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi. 

Parijdagi to'rtta UFC turniridan ikkitasining asosiy jangi Siril Gan ishtirokida kechgan. Og'ir vazn toifasi vakili bu janglarda Sergey Spivak va Tay Tuivasni nokaut evaziga mag'lub etgandi. Siril shu dam olish kuni Oq uy yaqinidagi turnirda og'ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni unvoni uchun Aleks Pereyraga qarshi oktagonga chiqadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing