23 dek 08:04
Yangiliklar

UFC prezidenti Konor, CHimaev va Xollouey ishtirokidagi turnirlarni tasdiqladi + FOTO
Bu turnirlar 2021 yilning 16, 20 va 23 yanvar kunlari o'tkaziladi. 16 yanvar kungi oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Maks Xollouey hamda Kelvin Kattar o'rtasida bo'lib o'tadi.
20 yanvar kungi turnirning asosiy jangi joriy mavsum kashfiyoti Xamzat CHimaev ishtirokida kechadi. Yarim o'rta vaznda SHveciya sharafini himoya qilayotgan Xamzat Leon Edvardsga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Nihoyat, 23 yanvar kuni UFC 2021 yilning ilk raqamlangan turnirini o'tkazadi. UFC 257 turnirining markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hamda sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Pore o'zaro oktagonda to'qnash keladi. Bu jang Pore uchun revansh maqomida bo'ladi.
Malumot uchun, ushbu barcha turnirlar Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da bo'lib o'tadi.
Fikrlar