19 noy 11:37
Yangiliklar

UFC prezidenti Makgregorning "Kovboy"ga qarshi jangi haqida gapirdi
UFC prezidenti Dana Uayt bu malumotga oydinlik kiritdi.
“Dekabr oyida Konor va Xabib Nevada shtati Atletik komissiyasining yig'ilishida hozir bo'lishlari shart. Unda aynan ularning masalasi ko'rib chiqiladi. O'sha yig'ilishda biz Nurmagomedov va Makgregorning keyingi rejalari haqida bilib olamiz.
Tabiiyki, rejalar ularning qancha muddatga chetlatish olishiga ham bog'liq bo'ladi. Hozircha biz Konorning jangi haqida o'ylamayapmiz. Konorning Serronega qarshi oktagonga chiqishi esa hozircha haqiqatdan yiroq. Lekin Serronening o'zi bu jang o'tkazilishini istayapti”, - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Serrone “Kovboy” o'zining Instagram sahifasida Makgregorni oktagonga chorlagan edi.
Fikrlar