23 dek 07:58
Yangiliklar

UFC prezidenti: Odamlar mendan Xabibni qaytarishimni so'rashmoqda
UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni CHarlz Oliveyraning muvaffaqiyati Xabib Nurmagomedovning faoliyatini tiklashi va oktagonga qaytishi uchun etarli sabab bo'lishiga ishonmaydi.
"CHarlz Oliveyraning g'alabalaridan so'ng, odamlar ijtimoiy tarmoqlarda mendan Xabibni qaytarish uchun yana bir urinib ko'rishimni so'rashmoqda, lekin u nafaqaga chiqdi va o'z biznesi bilan shug'ullana boshladi. Menimcha, u endi jang qilmoqchi emas. Otasidan ayrilgach, u jangga bo'lgan ishtiyoqini yo'qotdi, chunki otasi uning uchun harakatlantiruvchi kuch edi – u unga yo'l-yo'riq ko'rsatib, nima qilish, qanday qilish kerakligini aytardi. Uning otasi ketdi, menimcha, Xabib endi jang qilmaydi”, - dedi Uayt Brett Okamoto bilan suhbatda.
Fikrlar