14 sen 15:24
Yangiliklar
UFC prezidenti qatl etilgan sportchi haqida: Uning joni uchun Trampdan yordam so'radim
“Afsuski, shuncha harakatlarga qaramasdan Navidni o'limga hukm qilishdi. Men uning joni uchun AQSH rahbari bilan suhbatlashdim va uni saqlab qolishni so'radim. U qo'lidan kelgan barchasini qilishini aytgandi. Bilaman, Navidni o'limdan saqlab qolish uchun juda ko'p shaxslar va mamlakatlar harakat qildi, biroq u erdagi hukumat hech nimani inobatga olmadi”, - dedi Dena.
Eslatib o'tamiz, kecha yunon-rim kurashi bo'yicha ko'p karra Eron chempioni Navid Afkari mamlakat hukumati tomonidan qatl etilgandi.
Unga 2018 yilda Eron iqtisodiy siyosatiga qarshi ommaviy namoyishni tashkil etish hamda hukumat harbiysini o'ldirish ayblovlari qo'yilgan. Afkari akalari bilan birga hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgandi.
Fikrlar