05 may 12:20
Yangiliklar
UFC prezidenti Usman va CHimaev o'rtasidagi ehtimoliy jang shartlarini ochiqladi
Uaytning so'zlariga qaraganda, nigeriyalik asli kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan Xamzat bilan oraliqdagi vazn toifasida jang o'tkazishni taklif qilgan.
"Menga aynan shu taklif maqul kelmadi. Men oraliq vazn toifalarida jang tashkil etishni yomon ko'raman. Agar Usman o'rta vaznga ko'tarilsa, biz uchunga bajonidil Xamzat bilan jang tashkil qilib beramiz. Boshqa har qanday holat menga qiziq emas. Faqat shu holatdagina ularning jangi o'tkaziladi", - deya Dana Uaytning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev navbatdagi jangini o'rta vazn toifasida UFC kamariga sobiq davogar Paulo Kostaga qarshi o'tkazishi kerak. Ushbu jang katta ehtimol bilan 21 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 294 turniri doirasida tashkil etiladi.
Fikrlar