So’nggi yangiliklar

08:14Tata Steel Chess 2026. Абдусатторов ва Синдаров иштирокидаги турнирда 3-тур ортда қолди 0 07:53Гэтжи UFC 324 турнирида Пимблеттни мажбур қилишга ваъда берди 0 07:32Ўзбекистон терма жамоасининг ФИФА рейтингидаги ўрни ўзгарди 0 07:11"Мераб Двалишвили — Пётр Ян ҳақида: "У Россиядан, Оқ уйда жанг қилишга рухсат беришмайди" 0 20:05Дзюдочиларимиз Озарбайжонга жўнаб кетишди 0 19:44Махачев — Майкл Моралеснинг баҳсли рекорди ҳақида: "Уни яна бўғиб қўйиш керак" 0 19:23"Ювентус" юлдуз футболчининг трансфери бўйича музокараларни тўхтатди 0 19:02Усик нега фаолиятини якунламоқчи эмаслигини айтди 0 18:41"Перейрани менга қолдир". Чимаев Жон Жонсга мурожаат қилди 0 18:20Илия Топурия ваъда берди 0 17:59Хаби Алонсонинг қайси клубда фаолиятини давом эттириши мумкинлиги айтилди 0 17:38Мураббий Шара Буллетнинг қачон UFC’га қайтишини айтди 0 17:17MPL Лигасининг келажаги нима бўлади? Маҳмуд Мурадов ойдинлик киритди 0 16:56Илия Топурия UFC’нинг энг ортиқча баҳоланган жангчисини айтди 0 16:35"Барселона" собиқ футболчиси Қозоғистоннинг "Актобе" клубига ўтди 0

17 dek 17:22
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC qanday qilib ikki jamoadosh - Guskov va Uokerni jangga qo'ydi? Bogdanning o'zi javob berdi

Yarim og'ir vazn toifasida O'zbekiston va rossiyalik UFC jangchisi Bogdan Guskov bo'lajak jangi haqida gapirdi.

Yarim og'ir vazn toifasida UFC reytingida 13-o'rinni egallab turgan 32 yoshli sportchi keyingi jangini 2025 yilning 18 yanvar kuni UFC 311 turniri doirasida braziliyalik sobiq jamoadoshi Jonni Uokerga qarshi o'tkazadi.

"Hozir men top-15dagi birortasi bilan jang qila olmayman, chunki hammasi band yoki jarohatlangan. Yaqinda jang qilganlari ham etarlicha. Jonni men bilan jang uchun shartnomaga imzo chekdi. O'z navbatida men ham buni inkor qilmadim. Bu shunday sodir bo'ldi. Umuman olganda, jangdan keyin o'rtamizdagi munosabatga sovuqchilik tushadi, deb o'ylamayman. Biz gaplashishda davom etamiz. Bu shunchaki jang. U mag'lubiyatli seriyasini yopishi kerak, men reytingda ko'tarilishim kerak. Ertami-kechmi bu baribir yuz berardi. 

U mening to'yimga kelgan. Avvallari biz ko'p marta musobaqalashganmiz. Biz yaqin va yaxshi munosabatdamiz. Uning ukasi bilan (Uolter Uoker nazarda tutilmoqda) ham doim shug'ullanamiz. Jismoniy tomondan olib qaraganda, bu jang men uchun unchalik ko'p qiyinchilik tug'dirmaydi. Lekin psixologik tomondan olib qarasak, unga tayyorlanish qiyinroq", dedi Bogdan Guskov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing