08 noy 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC qozoq sportchisini o'zbekistonlik sifatida qayd etdi + FOTO
UFCning rasmiy sayti qozog'istonlik SHavkat Rahmonovni O'zbekiston vakili sifatida qayd etdi.
Takidlash joizki, Rahmonov UFC 254 turnirida debyut qilgan va braziliyalik Aleks Oliveyrani mag'lubiyatga uchratgandi.
Jang davomida u oktagonga Qozog'iston bayrog'i bilan chiqqan va bahsdan keyingi intervyuni ham qozoq tilida bergandi.
Malumot uchun, Rahmonov O'zbekistonda tug'ilgan. Ammo u uzoq yillardan buyon Qozog'istonda yashaydi va o'zining qozoq millatiga mansub ekanligini takidlaydi.
UFC rasmiy sayti esa bu borada xatolikka yo'l qo'ygan ko'rinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar