23 iyu 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC rahbari CHimaevning qachon oktagonga qaytishini ochiqladi
UFC rahbari Dana Uayt chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi Xamzat CHimaevning qaytishi haqida berilgan savolga javob qaytardi.
CHimaev betob bo'lib qolgani sababli kecha Ar-Riyodda o'tgan turnirda jang qila olmagandi. Uaytning so'zlariga qaraganda, Xamzat 26 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC 308 turnirida oktagonga qaytadi.
Eslatib o'tamiz, CHimaevning o'rnini egallagan rossiyalik Ikram Aliskerov birinchi raundning o'zidayoq avstraliyalik Robert Uittakerga yutqazib qo'ygandi. Xamzat CHimaev 13 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar