08 mar 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC rahbari Maxachev - Fergyuson jangini tashkil qilmoqchi
UFC prezidenti Dana Uayt tashkilotning engil vazn vakillari - Toni Fergyuson va Islam Maxachev o'rtasidagi jangni tashkil etish niyatida.
"Maxachev - Fergyuson? Balki. Lekin menga bu jang yoqmoqda. Menimcha, bu to'qnashuv ancha qiziq va yaxshi bo'ladi", - degan Dana.
Eslatib o'tamiz, Islam kecha tashkil etilgan oqshomda Dryu Doberni qiyinchiliksiz mag'lub etgandi. Toni esa so'nggi ikkita jangida imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar