21 fev 10:52
Yangiliklar
UFC rahbariyati Islam Maxachev ishi bo'yicha nuqta qo'ydi
Bu haqda UFC vice-prezidenti Jeff Novicki sharhlovchi Brendan Fitcdjeraldga bergan intervyusida malum qildi.
"Avstraliya qo'mitasi bayonot berib, ularda qoida buzilishi bilan bog'liq hech qanday asosli isbot yo'q ekanligini tan oldi. O'ylaymanki, bu mavzuni yopish uchun etarli asos. Biz shu erda to'xtaymiz. SHunchaki, ularda fizrastvorli kapelnicadan regidrataciya uchun foydalanish taqiqlangan. Pert bunday kapelnicaga taqiq qo'ygan", - dedi Novicki.
Eslatib o'tamiz, 11 fevral kuni Pert shahrida o'tkazilgan UFC 284 turnirining markaziy jangida Islam Maxachev avstraliyalik chempion Aleksandr Volkanovskini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Jangdan so'ng Aleksning jamoasi Islamga vazn tashlashdan keyin tiklanish uchun kapelnica, yani osma ukoldan foydalanganini antidoping qoidalarini buzish deya hisoblab, ayblov qo'ygandi.
Fikrlar