30 iyu 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC reytingi yangilandi: Bogdan Guskov nechanchi o'ringa ko'tarildi?
Bu borada aralash yakkakurash ustamiz UFC`dagi o'zbek jangchilarining rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Bogdan Guskov shanba oqshomida Abu-Dabidagi UFC turnirida rossiyalik yarimog'ir vazn toifasi vakili Nikita Krilovni birinchi raundda nokautga uchratgandi. Jangga qadar Nikita UFC reytingida 10, Bogdan esa 13-o'rinni egallab turgandi.
Yangilangan reytingda jangchilar deyarli o'zaro o'rin almashib olishdi. Guskov Top-10 reytingida debyut qilgan ilk o'zbekistonlik jangchiga aylandi. Aynan uning o'zi aslida UFC reytingiga kiritilgan birinchi o'zbekistonlik bo'lgandi. Hamyurtimiz 13-pog'onadan 10-o'ringa ko'tarildi. Krilov esa 10-o'rindan 12-pog'onaga tushdi. Vazn chempioni Magomed Ankalaev, reyting peshqadami sobiq chempion Aleks Pereyra bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar