27 jan 18:38
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC reytingi yangilandi: Getji peshqadam Carukyanni ortda qoldirdi
Dunyoning eng kuchli ligasi yakshanba kuni o'tkazilgan UFC 324 turniridan keyin vazn toifalari uchun yangilangan reytingni elon qildi.
Jumladan, vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Jastin Getji engil vazn toifasi reytingida uch pog'ona yuqorilashga muvaffaq bo'ldi. Jastinga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgan Peddi Pimblett mag'lubiyatiga qaramay, o'z o'rnida, yani 5-o'rinda qoldi. Reyting peshqadami bo'lib kelgan Arman Carukyan o'z o'rnini aynan Getjiga bo'shatib berdi.
Uchinchi o'rinda bo'lgan Maks Xollouey ham bir pog'onaga pastladi. Reytingning Top-10`taligida boshqa o'zgarish kuzatilmadi. Jangchilar egallab turgan o'z o'rinlarini saqlab qolishdi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar