11 avg 16:52
Yangiliklar
UFC reytingi yangilandi: Nokautchi engil vazn toifasida Top-5`ga yaqinlashdi
Kuillan ushbu g'alabasi evaziga raqibi Gamrotni oltinchi o'rindan o'zi shu paytgacha egallab kelgan to'qqizinchi pog'onaga tushirib yubordi. Salkild birinchi raund yakunlanishiga 35 soniya qolgan bir paytda tajribali raqibini bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu g'alaba sabab u reytingda oltinchi o'ringa ko'tarildi.
Avstraliyalik aralash yakkakurash ustasi tashkilotda ketma-ket oltinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Britaniyalik Peddi Pimblett divizionning Top-5`taligini yakunlab turibdi. Salkind bilan jang qilishga qiziqish bildirgan franciyalik Benua Sen-Deni sakkizinchi o'rinni band etgan.
SHuningdek, ayollar birinchi eng engil divizion reytingida braziliyalik Aleksia Tainara uch pog'onaga ko'tarilib, ettinchi o'ringa joylashdi. U hakamlarning yakdil qarori bilan hamyurti Amanda Lemosni mag'lub etgandi. Lemos esa aksincha, uch pog'ona pastlab, meta-reytingda o'n to'rtinchi o'ringa joylashdi.
Boshqa o'zgarishlardan ukrainalik Yaroslav Amosov (13) va amerikalik Kevin Xollandning (14) tashkilotning eng yaxshi yarim o'rta vazn toifasidagi jangchilari ro'yxatida bitta o'ringa o'z poziciyasini yaxshilaganini takidlash joiz.

Fikrlar