05 avg 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC reytingi yangilandi: Tayra kuchli beshlikda, Guskovning do'sti ham endi reyting azosi
Ultimate Fighting Championship Ligasi so'nggi turniridan keyin o'z reytinglarida yangilanishni amalga oshirdi.
Undagi eng muhim yangilik sifatida o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi yaponiyalik Tatsuro Tayraning bir pog'ona yuqorilab, beshinchi o'ringa ko'tarilganini aytish mumkin.
25 yashar sportchi 3 avgust kuni koreyalik Xyun Sung Parkni muddatidan oldin enggandi. Ushbu diviziondagi xamyurtimiz Ramazon Temirov 13-o'rinni saqlab turibdi.
Bundan tashqari, o'zbekistonlik atlet Bogdan Guskovning do'sti va jamoadoshi, braziliyalik Valter Uoker ham ilk bor tashkilot reytingidan o'rin oldi. U 14-o'ringa joylashtirildi.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar