18 mar 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC SHon-shuhrat zali azosi Mark Kolman yana shifoxonaga yotqizildi
UFC'ning og'ir vazn toifasidagi birinchi chempioni, uyidagi yong'indan keyin kasalxonaga yotqizilgan Mark Kolmanning ahvoli yana yomonlashdi.
Bu safar sobiq sportchi pnevmoniya bilan kasallanib, shifoxonaga yotqizilgan.
"Kecha otam kasalxonadan chiqarildi. Ammo biz uyda bor-yo'g'i bir soatcha vaqt o'tkazgan edik, u qo'llari va ko'kragidagi og'riqni his qila boshladi. Albatta, singlim va men uni kasalxonaga qaytarishga shoshildik, u erda pnevmoniya borligini bilib oldik", deb yozdi Kolmanning qizi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kolmanning Ogayo shtatidagi uyida yong'in chiqqan edi. U ota-onasini qutqarishga muvaffaq bo'ldi, lekin uni uyg'otgan iti omon qolmadi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar