06 jan 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC sobiq chempioni Pereyra keyingi jangini nega og'ir vaznda o'tkazishi mumkinligini tushuntirdi
UFC sobiq chempioni Maykl Bisping fikricha, agar amaldagi chempion Tom Aspinall davolanish uchun tanaffus olsa, tashkilot og'ir vaznda (120 kg gacha) braziliyalik Aleks Pereyra hamda franciyalik Siril Gan o'rtasida jang uyushtirishi mumkin.
"Yaqin orada vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang elon qilinsa, hayron bo'lmayman. Agar Aspinallga haqiqatan ham operaciya kerak bo'lsa, UFC vaqtinchalik kamar uchun jang o'tkazadi. Va katta ehtimol bilan bu Siril Gan bilan Aleks Pereyra o'rtasida bo'ladi. Gan Aspinallga qarshi jangda juda ajoyib ko'ringandi, u zo'r kikbokschi. Uslub jihatdan Pereyra uchun eng yaxshi raqib ham aynan u", — dedi Bisping.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar