21 may 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq chempioni qachon jang qilishi malum
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Joze Aldo navbatdagi jangini qachon o'tkazishi malum qilindi.
U navbatdagi jangini 7 avgust kuni UFC 265 kechasida o'tkazadi. O'sha kuni unga Pedro Munosga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Joze Aldo so'nggi bor o'tgan yilning dekabr oyida Marlon Veraga qarshi oktagonga ko'tarilgan va ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan. Pedro esa so'nggi bor shu yilning fevral oyida Jimmi Riveraga qarshi oktagonga ko'tarildi va raqibini mag'lub etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar