27 okt 08:27
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Sterling-Sexudo jangini ko'rib chiqmoqda: ehtimoliy sana ham malum
Aljemeyn Sterling navbatdagi jangini Genri Sexudoga qarshi o'tkazishi ehtimoli ortib bormoqda.
Bu haqda insayder Ariel Xelvani malum qilgan.
Unga ko'ra, UFC Sterling va Sexudo o'rtasidagi jangni 11 fevral kuni Avstraliyada, UFC 284 turniri doirasida o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Sterling 22 oktyabr kuni Ti Jey Dillashou bilan jangda g'alaba qozonib, eng engil vaznning chempionlik kamarini ikkinchi bor muvaffaqiyatli himoya qila olgan edi. Sexudo esa so'nggi bor 2020 yilning may oyida Dominik Kruzga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : twitter.com/Ariel Helwani
Fikrlar