28 may 18:14
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC turniri Meksikadan AQSHga ko'chirilishi mumkin
UFC 320 turnirini Meksikadan AQSHga ko'chirish masalasi ko'rib chiqilmoqda.
Bu haqda jurnalist Ariel Helvani xabar berdi.
Gvadalaxaradagi stadion qurilishida kechikishlar kuzatilgani tufayli ushbu qaror qabul qilinishi mumkin. Helvaniga ko'ra, stadion rahbariyati 4 sentyabrgacha bo'lgan barcha tadbirlarni bekor qilgan.
Eslatib o'tamiz, UFC 320 turniri 13 sentyabrdan 14 sentyabrga o'tar kechasi bo'lib o'tishi kerak. Turnirning asosiy jangida Aleksandr Volkanovski va Yair Rodriges o'rtasida revanshi o'tkazilishi mumkinligi aytilgan edi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar