04 sen 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 11. Markaziy jangi uchun rasmiy poster taqdim etildi + FOTO
UFC matbuot xizmati tashkilotning "Instagram"dagi sahifasida UFC Vegas 11 (UFC Fight Night 178) turnirining markaziy jangi uchun rasmiy posterni namoyish qildi.
Kechaning bosh jangi yarim o'rta vazn toifasida amerikalik 38 yoshli sobiq chempion Tayron Vudli hamda uning 32 yashar hamyurti Kolbi Kovington o'rtasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Vudli so'nggi jangida Gilbert Byornsga imkoniyatni boy bergan edi. Bu mag'lubiyat u uchun ketma-ket ikkinchisi edi. Tayron Byornsdan chempion Kamaru Usmanga ham yutqazgandi. Uning hisobida 18 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. Kovington ham so'nggi jangida Usmanga texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. Ungacha Kolbi UFCda ketma-ket 7 ta jangda g'alaba qozongandi.
Havola :
Fikrlar