08 noy 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 13. CHikadze raqibini nokautga uchratdi + FOTO
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 181 (UFC Vegas 13) turniri bo'lib o'tmoqda.
Prelium karddan o'rin olgan yana bir jangda nokaut qayd etildi. Yarim engil vazn toifasi vakili gruziyalik Giga CHikadze amerikalik Jeyms Krauze-Simmonsga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang 3 daqiqa 51 soniya davom etdi. CHikadze birinchi raundning o'zida raqibini nokautga uchratdi. Jang yakunlanishi bilan CHikadze UFC prezidenti Dena Uaytdan dekabr oyidagi turnirlarning birida jang tashkil etib berishini so'radi.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar