08 noy 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 13. Kechaning markaziy jangida kutilmagan natija qayd etildi
Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida Tiago Santos Glover Teysheraga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangdan avval kuchli deb hisoblangan Tiago uchinchi raundda orqasini Teysheraga topshirib qo'ydi va Glover raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lub etdi.
Endi Teyshera katta ehtimol bilan yarim og'ir vazn toifasida UFC kamariga rasmiy davogarga aylanadi va navbatdagi jangini UFC chempioni Yan Blaxovichga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar