15 noy 09:07
Yangiliklar

UFC Vegas 14 oqshomining markaziy jangi yakunlandi + FOTO
"UFC Apex" stadionida o'tgan UFC Vegas 14 (Fight Night 182) oqshomining markaziy jangi engil vazn toifasida o'tkazilib, unda ikki faxriy jangchilar - braziliyalik 36 yoshli Rafael dos Anos (30-13 MMA, 19-11 UFC) hamda amerikalik 35 yashar Pol Felder (17-6 MMA, 9-6 UFC) o'zaro oktagonga to'qnash kelishdi.
Besh raund to'liq davom etgan jang yakunida Rafael dos Anos 2:1 (47-48, 50-45, 50-45) hisobida g'alaba qozondi. Hakamlardan ikki nafari braziliyalikning g'alabasini taminlagan. Statistikaga etibor qaratsak, Felderning zarbalari ko'proq – 98 ga 92. Lekin teykdaunlar bo'yicha Rafael katta ustunlikka ega bo'ldi va aynan shu holat uning g'alabasiga zamin yaratdi.
Eslatib o'tamiz, aslida Pol Felderning o'rnida dog'istonlik jangchi Islam Maxachev oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo jangga 5 kun qolganida unda virus aniqlangandi.
Fikrlar