15 noy 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 14 turnirining bonuslari kimga nasib etdi?
Bugun tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC turniri bo'lib o'tgan edi.
Tashkilotchilar 10 ta jang orasidan eng yaxshilarini aniqlab, bonus sohiblarini elon qilishdi. Oqshomning eng yaxshi jangi sifatida markaziy jang etirof etildi. Unda ikki tajribali jangchilar - braziliyalik 36 yoshli Rafael dos Anos amerikalik 35 yashar Pol Felder bilan to'qnash kelgan va yakunda Anos ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Har ikki jangchiga avvaldan kafolatlangan gonorarlardan tashqari bonus sifatida yana 50 000 AQSH dollaridan mukofot puli taqdim etildi. Yana ikkita bonus raqibini 30-soniyadayoq nokautga uchratgan Xaos Uilyams hamda ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan SHon Striklendga topshiriladigan bo'ldi.
Havola :
Fikrlar