20 dek 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 17. Sobiq chempion Entoni Pettis oktagonga qaytdi + FOTO
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
Bundan bir necha daqiqa avval UFC Vegas 17 oqshomi doirasidagi qiziqarli janglardan biri yakuniga etdi. Unda yarim o'rta vaznda sobiq UFC chempioni, amerikalik 33 yoshli Entoni Pettis (24-10 MMA, 11-9 UFC) 30 yashar vatandoshi Aleks Morono (18-7 MMA, 7-4 UFC)ga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Ushbu jang prelium kardning so'nggi to'qnashuvi edi. Uch raund to'liq davom etgan jangda tajribali Entoni Pettis raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi – 29:28, 29:28, 29:28. Bu uning MMA faoliyatidagi 24-g'alabasi edi. Hisobida 10 ta mag'lubiyat ham bor. Entoni bundan avvalgi jangini 9 may kuni UFC 249 turnirida Donald "Kovboy" Serronedan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar