05 sen 07:24
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 36. Bonuslar kimga kimga nasib etdi?
Bugun La-Vegas shahrida o'tgan UFC Vegas 36 turniri tashkilotchilari kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha mukofot pullari kimlarga nasib etganini oshkor qilishdi.
Ushbu oqshom sizu bizga ajoyib janglarni taqdim etdi. UFC promousheni tomonidan kechaning bezagi bo'lgan jang ishtirokchilariga 50 ming dollardan bonus taqdim etdi.
SHunday qilib, "Kechaning eng zo'r jangi" deya Molli MakKan va Ji Yun Kim o'rtasidagi qarama-qarshilik topildi. Ikkala jangchining har biri 50 ming dollardan mukofot pullarini olishadi.
UFC'dagi debyutida ajoyib nokaut qayd etgan Peddi Pimblett "Kechaning ajoyib chiqishi" nominaciyasiga ko'ra 50 ming dollar bonusga loyiq ko'rildi.
Aynan shunday bonusga Tom Aspinall ham sazovor bo'ldi. Tom Sergey Spivakni chiroyli tarzda nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar