17 apr 10:56
Yangiliklar
UFC Vegas 51 turnirining barcha natijalari + FOTO
"YUEfSi Apeks" stadionida o'tgan UFC Vegas 51 oqshomining markaziy jangi yarimo'rta vazn toifasi vakillari - amerikalik 33 yoshli Belal Muhammad hamda braziliyalik 30 yoshli Visente Luke o'rtasida o'tkazilib, unda Muhammad hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozondi - 49-46, 49-46, 49-47.
Nufuzi bo'yicha ikkinchi ahamiyatli jangda Kayo Borralo rossiyalik Gadji Omargadjievdan hakamlarning texnik qaroriga ko'ra zafar quchdi - 29-27, 29-27, 29-27. Uchinchi raundda Kayo tizzasi bilan taqiqlangan zarba yo'lladi.
Buning natijasida Gadji jarohat oldi va jangni davom ettira olmadi. Referi Den Miralotta braziliyalikdan jarima sifatida bir ochko olib qo'ydi. Jang g'olibi ochkolar hisobi bo'yicha aniqlandi.
Asosiy kard:
Visente Lyuke — Belal Muhammad. Muhammadning ochkolar bo'yicha g'alabasi - 49-46, 49-46, 48-47;
Kayo Borralo — Gadji Omargadjiev. Borraloning texnik g'alabasi - 29-27, 29-27, 29-27;
Migel Baeza — Andre Fialo. Baeza 1-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi;
Mayra Bueno Silva — Vu Yanan. Silvaning ochkolar bo'yicha g'alabasi - 29-28, 29-28, 30-27;
Ti-Jey Larami — Pet Sabatini. Sabatinining ochkolar hisobi bo'yicha g'alabasi - 30-26, 30-26, 30-26;
Munir Lazzez — Anj Lusa. Lazzezning ochkolar hisobi bo'yicha g'alabasi - 30-27, 30-27, 30-27.
Prelium kard:
Devin Klark — Uillyam Nayt. Klark 3-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi;
Penni Kianzad — Lina Lensberg. Kianzadning ochkolar hisobi bo'yicha g'alabasi - 29-28, 29-28, 29-28;
Brendon Jenkins — Drakkar Kloze. Kloze 2-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi;
Rafa Garsiya — Jessi Ronson. Garsiya 2-raundda bo'g'ish usuli bilan g'alaba qozondi;
Kris Barnett — Martin Buday. Buday texnik qaror bilan g'alaba qozondi - 30-27, 30-27, 30-27;
Jordan Livitt — Trey Ogden. Livittning g'alabasi - 28-29, 29-28, 29-28);
Sem Xyuz — Istela Nunes. Xyuzning g'alabasi - 29-27, 29-27, 28-28);
Xeyli Alateng — Kevin Krum. Alateng 1-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Fikrlar