17 apr 09:32
Yangiliklar

UFC Vegas 51 turnirining markaziy jangi to'liq davom etdi + FOTO
"YUEfSi Apeks" stadionida o'tgan UFC Vegas 51 oqshomining markaziy jangi yarimo'rta vazn toifasi vakillari - amerikalik 33 yoshli Belal Muhammad hamda braziliyalik 30 yoshli Visente Luke o'rtasida bo'lib o'tdi.
Jang to'liq davom etdi va unda Muhammad hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozondi - 49-46, 49-46, 49-47.
SHu tariqa, Belal UFC promoushenidagi ketma-ket uchinchi g'alabasini tantana qildi. Uning MMAdagi rekordi 21 g'alaba va 3 mag'lubiyatni tashkid etadi. Luke esa bugun faoliyatidagi 8-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bugun Muhammad braziliyalik raqibining to'rtta g'alabali seriyasiga barham berdi.
Eslatib o'tamiz, Belal Muhammad bugungi janggacha UFC yarimo'rta vazn toifasi reytingida oltinchi, Visente Luke esa beshinchi o'rinni egallab turgandi.
Fikrlar