23 apr 06:08
Yangiliklar

UFC Vegas 52 ishtirokchilari taroziga chiqishdi + FOTO
Bugun UFC Vegas 52 turniri ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Oqshomning markaziy jangi ayollarning minimal engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jessika Andrade hamda Amanda Lemos o'rtasida o'tkaziladi. Andrade tarozida raqibasidan birozgina og'irrroq tosh bosdi: Jessika — 52,39 kg, Lemos — 52,16 kg.
Asosiy karddan o'rin olgan yana bir qiziqarli jang og'ir vazn toifasida bo'lib o'tadi. Unda moldovalik Aleksandr Romanov amerikalik CHeyz SHermanga qarshi oktagonga ko'tariladi. Tarozida Romanov raqibidan deyarli to'rt kilogramga engilroq ekani oydinlashdi.
Asosiy kard
Jessika Andrade (52,39 kg) — Amanda Lemos (52,16 kg)
Kley Guida (69,85 kg) — Klaudio Puelles (70,53 kg)
Meysi Barber (56,93 kg) — Montana De La Rosa (56,93 kg)
Aleksandr Romanov (109,09 kg) — CHeyz SHerman (112,94 kg)
CHarlz Jorden (65,54 kg) — Lando Vannata (66,22 kg)
Evan Elder (77,11 kg) — Preston Parsons (77,11 kg)
Prelim kard
Mark-Andre Bario (85,5 kg) — Jordan Rayt (86,18 kg)
Duayt Grant (77,34 kg) — Sergey Xandojko (76,88 kg)
Tayson Pedro (92,99 kg) — Isaak Villanueva (93,21 kg)
Kameron Els (61,23 kg) — Aori Kyuileng (61,69 kg)
Filipe Lins (92,99 kg) — Marchin Prachnio (92,99 kg)
Din Barri (77,34 kg) — Mayk Jekson (77,11 kg).
Fikrlar