11 dek 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA
"UFC xafa bo'laversin". Maxachev Pimblett - Getji jangini tanqid qildi
Islam Maxachev Peddi Pimblett va Jastin Getji o'rtasidagi vaqtinchalik chempionlik jangini tanqid qildi.
"Bilmayman, tashkilot xafa bo'lsa ham aytaman. Ular borgan sari tushunarsiz janglar tashkil etishyapti. Rostini aytsam, Arman (Carukyan) kamar uchun jang qilishi kerak edi, ammo bilmayman...
Endi Pimblett bilan Getji jang qiladi, g'olib esa Topuriyaga qarshi jang oladi. Bu degani, Arman yana bir yil bekaor o'tiradi. Bu og'ir. Mening ham faoliyatimda shunday holat bo'lgan, kamargacha 10 ta jang qilganman. U ham sabr qilishi kerak", — dedi Maxachev.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar