07 dek 11:43
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC yil so'nggiga qadar 60 jangchi bilan xayrlashadi
UFC prezidenti Dena Uayt yil so'nggigacha promoushenning 60 nafar jangchisi bilan shartnomani bekor qiladi.
Bu haqida tashkilot prezidenti Dena Uaytning o'zi xabar berdi.
"Faqat Yoel Romero ketmaydi. Biz yil oxirigacha yana 60 nafar jangchi bilan xayrlashamiz. Promoushenda katta o'zgarishlar bo'ladi. Yaqin 3-4 haftada yangi nomlar bilan tanishishingiz mumkin. Bazida shunday keskin qarorlar qabul qilishga to'g'ri kelib qolar ekan", — dedi Uayt.
Bir necha kun avval UFC`ning faxriy jangchilaridan biri, 43 yoshli liga yulduzi Yoel Romero promoushendan chetlatilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar