So’nggi yangiliklar

14:39Инсайдер Ислам Махачевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санасини айтди 0 14:15Арман Царукян: "Волкановскини битта зарба билан нокаут қилган бўлардим" 0 13:41"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk 0 13:14Саидёқуб Қаҳрамонов ACA'нинг Беларусдаги турнирида қатнашмайди 0 12:40UFC навбатдаги йирик жангларни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 12:12Warsaw European Open 2026`га қуръа ташланди. Бугун 4 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз! 0 11:39Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин 0 11:11Байсангур Сусуркаев ҳамюртимиз билан бир турнирда жанг қилади 0 10:40Шарифа Давронова ёпиқ иншоотдаги Жаҳон Чемпионатига йўлланма олди 0 10:16Ўзбекистонлик тажрибали ММА жангчиси Mangu 2 турнирида хитойлик спортчи билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 09:45Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди 0 09:14Тахмина Икромова Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида қатнашади 0 08:38Нурсултон Рўзибоев UFC'даги кейинги жангини Хитойда ўтказиши мумкин 0 08:12Полина Кудерметова Анталияда рейтингдаги қўшнисига мағлуб бўлди 0 07:30"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади 0

14 dek 14:19
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

UFC yilni super turnir bilan yakunlaydi: Uchta chempionlik jangi, daxshatli to'qnashuvlar, Trampning sevimli jangchisi oktagonga ko'tariladi

Ertaga tongda Las-Vegas shahrida navbatdagi super UFC kechasi bo'lib o'tadi.

UFC 245 turnirida uchta chempionlik jangi bo'ladi. Amanda Nunes Jermen de Rendamiga qarshi jang qiladi, Xollouey esa Volkanovskidan kamarini himoya qiladi, kechaning markaziy jangi esa yarim o'rta vazn yulduzlari Kamaru Usman va Kolbi Kovington o'rtasida bo'lib o'tadi.

Nunes kamarini oltinchi marta himoya qiladi. U raqibini 2013 yilda nokaut qilgan

Uchta chempionlik janglari orasida birinchi bo'lib Amanda Nunes - Jermen de Rendam juftligi oktagonga chiqadi. Amandaning ikkita kamari bor, u so'zsiz UFCning yulduzi. U UFC tarixidagi eng kuchli ayol jangchilarni yakson qildi. Uning g'alabali seriyasi o'ntani tashkil qiladi. Kamarini esa oltinchi bor himoya qiladi. Amanda va Rendam muqaddam jang qilishgan. 2013 yil UFC Fight Night turnirida Nunes raqibasini birinchi raundda nokaut qilgandi.


Xollouey va Volkanovski jangi g'olibi katta ehtimol bilan Zabitning navbatdagi raqibi bo'ladi

Ikkinchi chempionlik jangi: Aleks Volkanovski (20-1) va Maks Xollouey (21-4).

Maks huddi Amanda singari o'z vazning super jangchisi. Xollouey yarim o'rta vazn toifasida ketma-ket o'n to'rtta jangda g'alaba qozongan, u uch marta chempionlik kamarini himoya qilishga ulgurdi. U Joze Aldo, Brayn Ortega va Frenki Edgarni mag'lub etdi. Uning yarim engil vazndagi so'nggi mag'lubiyati uzoq 2013 yilga borib taqaladi. O'shanda Maks Konor Makgregorga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Umuman olganda Xollouey so'nggi bor 2019 yilda Dastin Porega imkoniyatni boy berib qo'ygan.

Aleks Volkanovski - sobiq regbichi va kikboksing ustasi. U MMAda 2012 yili debyut qilgan. MMAda 21 marta oktagonga ko'tarilib, janglardan bittasidagina mag'lub bo'ldi. Aleks yagona mag'lubiyatini 2013 yilda qabul qilgan. Jangni oldidan taxmin qilish qiyin, lekin Maks ancha tajribali va u o'zi uchun sevimli bo'lgan vazn - yarim engil vazn toifasida jang qiladi. Lekin Aleks ham ancha kuchli va sifatli sportchi.

Usman va Kovington bir-birini umuman yoqtirmaydi. Lekin ularda ko'plab o'xshashliklar bor

UFC 245 kechasining markaziy jangida yarim o'rta vazn chempioni Kamaru Usman davogar Kolbi Kovingtonga qarshi jang qiladi. Har ikki jangchining ko'plab o'xshashliklari bor.


Har ikkisining ham MMAdagi rekordi - 15-1. Har ikkisi ham sambo ustasiga mag'lub bo'lgan. Kolbi va Usman Rafael dos Anos va Demin Mayyuni mag'lub etishgan. Kolbi Usman mag'lub bo'lgan (Xose Kaseres)ni mag'lub etgan bo'lsa, Kamaru esa Kovingtonni mag'lub etishni uddalagan (Uorlli Alves)ni yakson qilishga erishgan. Usman 2 mart kuni Tayron Vudlini mag'lub etib UFC kamariga ega chiqqandi. Kamaruni yorqin jangchi deb bo'lmaydi, lekin g'alabalarini doim katta ustunlik bilan yakunlaydi.

Kolbini ko'pchilik yoqtirmasligi mumkin, lekin AQSH prezidenti Kolbini hurmat qiladi va ular juda yaxshi aloqada ekanligini malum qilgan.

«Tramp menda sen uchun yangi UFC kamari bor. Uni Oq uyga olib kelaman, Seni ishonchingni oqlashga harakat qilaman»,-deb yozib qoldirgan Kolbi o'zining “Twitter” sahifasida.

Kolbi doim raqiblarini ruhan ezishga harakat qilgan, u bu ishini Kamaruga ham ishlatishga harakat qildi.

«Men bu bolakayni o'ldirmoqchiman. Usman men bilan jangdan so'ng nogiron bo'ladi. U ancha yillardan beri mendan qochadi, lekin endi jang qilishga majbur. Usmanning kamarini olib qo'yaman va uni qay darajada qo'rqoq ekanligini butun dunyoga ko'rsataman»,-dedi Kolbi.

Usman faoliyatida ilk bor raqibi tomon yomon so'zlar ishlatishga majbur bo'ldi.

“Kolbi bilan jangimiz haqiqiy urush. Buni barcha biladi. Biz hech narsani o'ylab topmadik, bularning hech biri hazil emas. Men uni yakson qilaman, unga qarshi oktagonga chiqishni intizorlik bilan kutmoqdaman. U o'zini «reklama» qilishni yoqtiradi. U odamlarni hurmat qilmaydi, lekin men unga odamlarni hurmat qilish kerakligini o'rgatib qo'yaman”,-dedi Usman Kolbi haqida.

Bu kechani shaxsan Tramp arenadan ko'rish istagi bor edi, lekin bu amalga oshmaydigan bo'ldi, bunga AQSH prezidentining vaqti tig'izligi sabab bo'lgan.


Mazkur kecha UFCning 2019 yilgi turnirlarining haqiqiy super yakuni bo'ladi. Ertaga Vegas arenasida haqiqiy olov yonishi aniq.


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

   
14 dek 23:10:56
CHELSEA2211
Uzb vaqti bilan soat nechida...
   
14 dek 17:54:18
Abu Hafs
Ushbu maqoladagi Colby tuwgan suratda Donald Trump Jr yani Junior kicik farzandi degan manoda rasmi turibdi bu aniq prizident bn aloqasi bormi yoki ugli bn muallif aniqlik kiritib yuboring
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing