17 iyu 00:05
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Zarrux Adashevning jangi yana bekor qilindi
UFC'dagi vakilimiz Zarrux Adashev 31 iyul kuni kolumbiyalik Xuankamilo Ronderosga qarshi oktagonga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Afsuski, raqib nomalum sababga ko'ra jangni bekor qilgan. Bu haqda sportchimiz Instagram sahifasida malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Adashev 8 may kuni Rayan Benuaga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo raqib belgilangan vaznni bajara olmasdan, sog'lig'i yomonlashgani tufayli jang bekor qilingandi.
Havola :
Manba : instagram.com/zarrukh_adashev
Fikrlar