So’nggi yangiliklar

21:30Мбаппедан сўнг уч карра ЕЧЛ соҳиби ҳам ПСЖдан кетишини эълон қилди 0 21:21Хитойлик курашчи 39 ёшли Магомед Ибрагимовни "нафақа"га кузатиб қўйди 0 20:09Энг оғир вазнда Париж-2024 Олимпиадасига Ўзбекистондан эркин курашчи бормайди 0 19:57Бетербиев ва Биволнинг вазнида вақтинчалик чемпионлик жанги ўтказилади 0 19:34Бортида Отабек Шукуров бўлган самолётни чақмоқ урди 0 19:13Пара пауэрлифтингчиларимиз Жаҳон кубогида тенгсиз бўлди! 0 18:52Руне Рим "Мастерс" бош соврини сари юришини давом эттирмоқда 0 18:31Уайт Жонс ва Миочич жангига оид янгиликни эълон қилди 0 18:10"Бавария"нинг янги бош мураббийи ким бўлиши деярли аниқ. Жамоа олдин у билан ЕЧЛни ютган 0 17:49Ломаченко чемпионлик камарини қўлга киритганидан сўнг фикрларини билдирди 0 17:27Жасмине Паолини учун Рим "таътиллари" тугади 0 17:06Қозоғистонлик мураббий: "Ўзбекистон билан Олимпиада финалида учрашишни истаймиз" 0 16:45Мбаппе "Реал" сабаб Саудия Арабистонидаги 200 млн евро ва АПЛ клублари билан музокаралар ўтказишдан бош тортган 0 16:24Камшибек Конкабаев Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордга қарши жанги ҳақида гапирди 0 16:01Рим "Мастерс". Циципас Штруффни енгиш учун 2,5 соат вақт сарфлади 0

09 apr 10:05
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC287: Israel Adesanyaning daxshatli nokauti. Faoliyatini yakunlagan Xorxe Masvidal va kechaning boshqa natijalari bilan tanishing

Mayamida UFC 287 kechasi yakunlandi.

Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasi chempioni Aleks Pereyra o'z unvonini sobiq chempioni Israel Adesanyaga qarshi o'tkazdi va ikkinchi raundda nokautga uchradi. 

Co main event jangi esa yarimo'rta vaznlilar — Gilbert Berns hamda UFC'ning o'ziga xos jangchilaridan biri bo'lmish Xorxe Masvidalga qarshi o'tkazib ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Xorxe faoliyatini yakunlaganini elon qildi 


YANGILASH

Asosiy kard:

Markaziy jang: O'rta vazn chempionligi uchun: Aleks Pereyra vs Israel Adesanya 

Co main event: Yarimo'rta vaznda: Gilbert Byorns vs Xorxe Masvidal

Eng engil vaznda: Rob Font vs Adrian Yanez

Yarimo'rta vaznda: Kevin Xolland vs Santyago Ponzinibbio

Eng engil vaznda: Raul Rosas JR vs Kristian Rodriges

Prelim kard:

O'rta vaznda: Kris Kyortis vs Kelvin Gastelum

Ayollar o'rtasida minimal vaznda: Mishel Uoterson-Gomes vs Luana Pinero

O'rta vaznda: Jerald Myorshart vs Jo Payfer

Boshlang'ich prelim kard:

Ayollar o'rtasida minimal vaznda: Sintia Kalvillo vs Lupita Godines

Oraliq vaznda: Ignasio Baxamondes vs Trey Ogden

Yarimengil vaznda: SHayilan Nurdanbek vs Stiv Garsiya 

Ayollar o'rtasida minimal vaznda: Jakyulayn Amorim vs Sem Xyuz

* Qora bilan belgilanganlar jangda g'alaba qozongan 

_____________________________________________________________________________



Besh raundga mo'ljallangan bahsda Israel Adesanya  raqibini ikkinchi raundda nokaut qildi  

Kechaning markaziy jangi boshlanmoqda. Deyarli 8 soatdan beri davom etayotgan turnir o'z yakuni tomon yaqinlashmoqda

Jang to'liq davom etdi va   Jangda ustunlikka erishgan Gilbert Byorns g'alaba qozondi. Bu Xorxening faoliyatidagi qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyati bo'ldi.  

Ikkinchi raund to'lig'icha braziliyalikning foydasiga hal bo'ldi. Agar Xorxe nimanidir o'zgartirmasa, qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oladi

Birinchi raund yakunlandi. Hozircha har ikki jangchi yaxshi harakat qilmoqda

Gilbert Byorns - Xorxe Masvidal ishtirokidagi Co main Event  jangi boshlandi. Ko'pchilik uchun ushbu bahs kechaning markaziy jangidan ko'ra ko'proq kutilgandek

Rob Font va Adrian Yanez ishtirokidagi jang ilk raundda yakunlandi. Font raqibini nakaut qildi. Endi navbat Gilbert Byorns vs Xorxe Masvidal


Navbatdagi jang Rob Font - Adrian Yanez

Kevin Xolland raqibini uchinchi raundda nokaut qildi

Kevin Xolland - Santyago Ponzinibbio o'rtasidagi jangni ikkita raundi yakunlandi. Hozircha biroz ustunlik Kevin tomonda



Kechaga tashrif buyurgan yulduzlar

Navbatdagi qiziqarli jang boshlanmoqda. Yarimo'rta vaznning yorqin janglarni taskil etadigan ikki vakili Kevin Xolland va Santyago Ponzinibbio o'zar jang qilishadi. Jangchilar oktagonga ko'tarilib bo'lishdi

UFC'ning eng yosh jangchisi ishtirokidagi jang to'liq davom etdi. Dastlabki raunddagi ustunlikka qaramasdan Rosas keyingi ikkita raundni boy berdi va Kristian Rodriges g'alaba qozondi. Bu Rosasning faoliyatidagi ilk mag'lubiyati

Ikkinchi raund Kristian Rodrigesga ketmoqda. Hozircha raundlar bo'yicha tenglik

Asosiy kardning ilk jangida Raul Rosas ustunlikka erishmoqda. U ilk raundda o'z hisobiga yozib qo'ydi

UFC 287 kechasining markaziy jang ishtirokchilari arenaga etib keldi

Endi navbat asosiy kardga. Asosiy kardning ilk jangida UFC'ning eng yosh jangchisi Raul Rosas JR Kristian Rodrigesga qarshi o'tkazadi

Gastelum 600 kunlik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytdi va 800 kunlik tanaffusdan so'ng navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi 

Kecha jangi uchun asosiy davogarlardan biri Kris Kyortis - Kelvin Gastelum to'qnashuvi yakunlandi. Uchinchi raund Kris foydasiga hal bo'ldi. Biroq dastlabki ikkita raunddagi ustunlik evaziga g'alaba Kelvin tomonida bo'lsa kerak. Endi hakamlarning ochkolarini kutish qoldi

Jangning uchinchi raunddi boshlandi. Hozircha to'liq ustunlik Kelvin Gastelum tomonda

AQSH sobiq prezidenti va Mayk Tayson  arenada 

Kris Kyortis — Kelvin Gastelum jangi boshlandi

Israel Adesanya bu safar ham «Dreyk lanati»ning qurboni bo'ladimi? CHunki... Israel Adesanyaning ilk jangdagi g'alabasiga 2 million dollar tikkan Dreyk revanshda ham katta summani sobiq chempionga tikdi. Bu safar reper umumiy hisobda Israel Adesanyaning g'alabasiga 1 million dollar miqdorda pul tikkan

Endi navbat nafaqat prelim kardning balki kechaning eng qiziqarli janglaridan biri hisoblanmish Kris Kyortis — Kelvin Gastelum bahsi boshlanish arafasida

Qiziqarli fakt: UFC kamaridan ayrilgan sobiq chempionlardan atigi uchtasi revanshda kamarlarini qaytarib olishgan. Qolgan 12 tasi esa revanshda ham mag'lub bo'lgan. Bugun Israel Adesanya qanday natijaga erishadi?

Mishel Uoterson-Gomes Luana Pinero o'rtasidagi jang yakunlandi. Jang to'liq uch raund davom etdi va hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba Luana Pineroga nasib etdi

Ayni daqiqalarda Mishel Uoterson-Gomes Luana Pinero o'rtasidagi jang davom etmoqda. Hozircha ikki raund yakuniga ko'ra ustunlik Mishel Uoterson-Gomes tomonida

Co Main Event jangi ishtirokchilari arenaga etib keldi. Jang g'olibi chempionlik jangiga navbatdagi davogar bo'lishi mumkin. Bu haqida UFC rahbari Dana Uayt malum qildi


Mahmud Muradovning UFC'dagi ilk mag'lubiyatini taqdim etgan Jerald Myorshart Jo Fayperga qarshi jangning birinchi raundida imkoniyatni boy berdi.

Bugungi kechaga mehmon bo'lib kelgan Belal Muhammad o'zi bilan birga Kolbi Kovingtoni ham «olib keldi».  

Bir necha daqiqadan so'ng kechaning prelim janglariga start beriladi

Kechaning to'rtinchi jangida hakamlar kutilmagan qarorni qabul qilishdi. Jangda ustunlikka erishgan  Sintia Kalvillo  Lupita Godinesga imkoniyatni boy berdi.

Hozirga qadar kechaning boshlang'ich prelim janglari yakunlandi. Asli uyg'ur hisoblanmish Xitoy vakili SHayilan Nurdanbek ikkinchi raundda nakautga uchradi va imkoniyatni boy berdi. 




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing