22 jan 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC'da haqiqatdan gonorar kammi? UFC 297 kechasining markaziy jang ishtirokchilarining gonorarlari malum
Kecha Toronto shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasi chempionligi uchun kechdi. Besh raund to'liq davom etgan jangda davogar Drikus Dyu Plessi chempion SHon Striklandni hakamlarning ayri qarori (48-47, 47-48, 48-47) bilan mag'lubiyatga uchratdi. Bugun kechaning markaziy jang ishtirokchilarining gonorarlari elon qilindi. Unga ko'ra sobiq chempion ushbu jang uchun 592 ming dollar ishlab olgan. Uning raqibi esa 432 ming dollarga ega bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, ko'plab sobiq UFC jangchilari tashkilot jangchilarni qadrlamasligini malum qilgandi.
Malumot uchun, Ngannu Fyuriga qarshi jang uchun taxminan 20 million dollar ishlab olgan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar