So’nggi yangiliklar

20:09Рио-де-Жанейродаги UFC турнирининг асосий жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:55Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди 0 17:34Царукян: "Топурия менга ютқазишини сезмоқда, камарни топшириб қўйгани яхшироқ" 0 17:13Разамбек Жамалов Баҳодир Жалолов билан ҳордиқ чиқармоқда (ВИДЕО) 0 16:52Антидопинг агентлиги Лазизбек Мулложоновнинг вазияти бўйича маълумот берди 0 16:31Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти 0 16:11Дю Плесси: "Чимаев зўр курашчи, лекин бу ММА" 0 15:50Терма жамоамиз дзюдочилари машғулотларда кучга ишлашяпти (ФОТО) 0 15:29Имавов нима учун дю Плесси — Чимаев жанги учун захира жангчи бўлишдан бош тортганини айтди 0 15:08"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида 0 14:47"Ислам Махачев жуда қийин вазиятда" - Соннен 0 14:26Милан ва Кортина д'Ампеццо-2026 қишки Олимпия ўйинлари бошланишига 6 ойдан камроқ вақт қолди 0 14:05Жалоловнинг Усик билан жанги қачон бўлиши мумкинлиги айтилди 1 13:44U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди 0 13:23Хотамбек Бойназаров: "Хамзатнинг ўзи сени UFC'га ўтказаман, деди" 0

29 iyu 15:01
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

UFCda o'n kunda ikkita g'alaba, ikkita bonus. Asli chechen bo'lgan shved vikingi - Xamzat CHimaev haqida

Teglar :  UFCXamzat CHimaev
16 iyul kuni Abu-Dabining Janglar orolida asli chechen bo'lgan SHveciya vakili Xamzat CHimaev UFCdagi debyut jangida ishtirok etdi.

U o'rta vazn toifasida bo'lgan jangda Jon Fillipsni bir yarim raund ichida yakson qilib, ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Jangdagi ajoyib harakatlari uchun u «kecha jangchisi» uchun beriladigan bonus bilan taqdirlandi. Xamzat uchun ajoyib debyut bo'ldi, lekin unga bu kamlik qildi va promoushen rahbari Dena Uaytga o'n kundan so'ng bo'lib o'tadigan UFC kechasida jang qilmoqchi ekanligini malum qildi. Tashkilot unga bunday imkoniyatni yaratib berishga qaror qildi, lekin endi u o'n kundan so'ng o'rta vaznda emas balki yarim o'rta vaznda oktagonga ko'tarilishi lozim edi. SHu tariqa, Xamzat o'n kun ichida salkam o'n kg vazn tashladi va 26 iyul kuni bo'lib o'tgan jang oqshomida Ris Makkiga qarshi oktagonga ko'tarildi. U raqibini birinchi raunddayoq mag'lub etdi. Ikki hafta ichida ko'pchilikka notanish bo'lgan Xamzat butun UFC olamiga o'zini tanitib qo'ydi. SHu boisdan ham biz bugun «chechen vikingi» haqida so'z yuritishga qaror qildik.

Hayotining dastlabki yillari:

Xamzat Axmedovich CHimaev 1994 yil 1 may kuni CHecheniston Respublikasida dunyoga keladi. Har bir chechen singari Xamzatning qonida ham jangchilik xususiyati bor edi, u bir yoshidan boshlab mashg'ulot qilishni boshlaydi. Besh yoshida esa yakka tartibda shug'ullanishni boshlaydi. Ammo CHechenistondagi og'ir sharoit sababli Xamzat o'n olti yoshida oilasi bilan SHveciyaga qochqin bo'lib o'tishga majbur bo'lgan. SHveciyada ham yosh chechen mashg'ulotlarni to'xtatmaydi va 18 yoshida 23 yoshgacha bo'lgan kurashchilar ishtirok etadigan musobaqaning bosh sovrinini qo'lga kiritadi.


Professional faoliyati:

CHimaev professional faoliyatini 2018 yilda boshlagan. U debyut jangida norvegiyalik Gard Olvega qarshi oktagonga ko'tariladi va ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozonadi. Xamzat uchinchi jangini Yaqin SHarqda ancha mashhur bo'lgan Brave CF promoshenida o'tkazadi. U Marko Simichga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini birinchi raundda taslim bo'lishga majbur qildi. 2018 yilning 23 dekabrida Brave CF yubiley 20 turnirini o'tkazadi va kechaning markaziy jangida Sidni Uiler Leon Aliga qarshi bahs olib borishi lozim bo'ladi, ammo jangga o'n kun qolganda Ali jarohat oladi va uning o'rniga Xamzat taklif qilinadi. 

Xamzat bu jangga o'zi uchun yangi o'rta vaznda harakat qilib, raqibini 35 soniyada mag'lub etadi. Xamzat yo'lida kim chiqishidan qatiy nazar yakson qilishda davom etardi. Uning sparing raqibi UFC yulduzi Aleksandr Gustafsson CHimaev haqida gapirar ekan, unga qarshi jang qilish qiyinligini, u juda ham kuchli ekanligini bir necha marta takidlab keladi.


UFCga kelishi:

SHu yilning iyun oyida «chechen vikingi» menejerini o'zgartirishga qaror qildi va endi unga UFCning eng mashhur menejerlaridan biri Ali Abdel-Aziz yordam beradigan bo'ldi. Bu degani u tez orada sayyoramizning eng kuchli va mashhur MMA promousheni UFCda bo'ladi degani edi. SHunday bo'ldi ham. Xamzat va UFC o'rtasida 8 iyul kuni shartnoma imzolandi. Xamzatning UFCdagi debyuti uzoq kuttirmadi va 16 iyul kuni Jon Filippsga qarshi oktagonga ko'tarildi. U ikki raundda raqibiga 124 ta zarba berib, mag'lub etishni uddaladi. 

Ikkinchi jangni esa o'n kundan so'ng o'tkazdi, bu safar unga Ris Makki qarshilik qilishi lozim edi va uni ham birinchi raundda mag'lub etdi. Xamzatning harakatlari UFC rahbariyatiga yoqdi va unga har ikki bahs uchun 50 ming dollar bonus taqdim etildi.

Xamzat UFCdagi uchinchi jangini ikki haftadan so'ng o'tkazmoqchi ekanligini malum qildi va Dana unga raqib topib berishga ham vada berdi. Lekin endigina UFCga kirib kelgan sportchiga qarshi hech kim jang qilishni istamayapti. Xamzat bu orada, tashkilot yulduzi Konor Makgregor bilan so'z o'yini qilishga ham ulgurdi.

Ko'pchilik, xususan UFC prezidenti Dana Uayt Xamzat tashkilotning yangi yulduzi bo'lishga ishonadi. Xamzat ham buni uddalashga astoydil harakat qilishga ishonamiz!


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

+1   
30 iyu 17:47:47
Ahmedov
Bos gazini ukam usmon,adesanyalarniyam urib tasha
   
29 iyu 21:23:16
Jaloliddin Sanaev
Омад
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing