17 jan 09:49
Yangiliklar

UFC`dagi yangi rus: "Islam Maxachev "qo'rqinchli odam"
Borshev kecha Las-Vegasda o'tgan turnirda UFC promoushenidagi debyut jangini o'tkazgan va raqibini birinchi raundning o'zida nokautga uchratgan edi.
"Ha, uning so'z o'yini qilib aytgan gaplarini o'qidim. Nima ham derdim. U juda ham qo'rqinchli odam. Unga bir narsa ham deb bo'lmaydi. Eng muhimi, u men haqimda gapirdi. O'ylashimcha, u qo'pol gapirmadi", - dedi Borshev.
Kecha Borshev birinchi raundning o'zida amerikalik Dakota Bushni jigariga yo'llagan kuchli zarbasi evaziga nokautga uchratgandi. Ushbu chiroyli g'alaba unga kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 ming dollarlik bonusni ham keltirgandi.
"To'g'ri, bu pul bilan boyib ketmayman. Lekin AQSHdagi imkoniyatlarimning oshishiga xizmat qiladi. Kamida hujjatlar bilan bog'liq harakatlarimni tezlashtirib beradi. Hozir birinchi galda grin-kartani olishim kerak", - deya so'zini yakunladi rossiyalik UFC jangchisi.
Fikrlar