20 apr 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC'dan chetlatilgan Zabit Magomedsharipov kasbini o'zgartirmoqchi + FOTO
Aralash yakkakurash bo'yicha rossiyalik jangchi Zabit Magomedsharipov o'zining ijtimoiy tarmog'ida yangi surat joylashtirdi.
Bu bilan u kasbini o'zgartirmoqchi ekanligiga ishora qildi.
"Tez orada Maxachqala tibbiyot olamida yangi nom paydo bo'ladi", — deya suratni izohlagan Magomedsharipov.
Eslatib o'tamiz, Zabit Magomedsharipov rasmiy tarzda UFC yarimengil vazn reytingidan chetlatilgan. Bunga Magomedsharipovning uzoq vaqtdan buyon jang qilmagani sabab bo'lgan. Zabit so'nggi bor 2019 yil noyabr oyida jang qilgan. Moskvadagi turnirda u hakamlar qarori bilan Kelvin Kattarni mag'lub etgan edi. 30 yoshli Magomedsharipovning hisobida 18 g'alaba va bir mag'lubiyat mavjud.
Malumot uchun, UFC rahbari Dana Uayt rossiyalik jangchining qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob bera olmadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar