04 noy 07:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/242048_220.jpg)
UFCʼga Petr Yanni ONE Championship jangchisi bilan almashtirishni so'rab murojaat qilishdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Ben Askren UFC hamda ONE Championshipʼga Petr Yan va Demetrius Jonsonni o'zaro almashtirish taklifini berdi.
"Petr Yan UFCʼda faoliyatini davom ettirishni xohlaydi deb o'ylamayman. Promoushen rahbariyati uchun yaxshi variantni topishga yordam berish kerak. Menimcha, u Tailandda mashg'ulot o'tkazayotgani uchun ko'proq ONE Championshipʼda chiqishni istaydi. UFC esa Demetrius Jonsonni qaytarishni o'ylab ko'rishi mumkin", - deya Askrenning so'zlarini keltiradi MMA News.
Eslatib o'tamiz, Petr Yan UFCʼni tark etishi haqida xabarlar chiqa boshlagan edi.
Yan faoliyati davomida 20 ta jang o'tkazib, 16 tasida g'alaba qozongan. Demetrius Jonson esa 37 ta jangning 4 tasida imkoniyatni boy berib, bitta jangda durrang qayd etgan, qolganlarida zafar quchgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar