25 fev 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC`ning eng yosh jangchisi ishtirokidagi bugungi bahs o'tkazilmadi. Nega?
Xabar berganimizdek, bugun Mexiko shahrida UFC Fight Night 237 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning asosiy kardi doirasida UFC tarixidagi eng yosh jangchi Raul Rosas amerikalik Riki Tursiosga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo jangdan bir necha soatgina oldin ushbu to'qnashuv bekor qilindi.
Bunga Raulning betob bo'lib qolgani sabab bo'ldi. Aynan qanday kasallikka chalingani malum emas. Lekin tashkilotchilar bu jangni saqlab qolishdi. Endi amerikaliklar 2 mart kuni o'tkaziladigan UFC FightNight turniri doirasida yuzma-yuz kelishadi.
Havola :
Fikrlar